Biz haqimizda
Biz o‘z faoliyatimizni 2018 yilda boshladik va kichik buyurtmalar bilan shug‘ullandik. O‘sha vaqtda bizni ozgina odamlar bilardi, ammo ular bizning mahsulotimizning sifatiga va ishchilarimizning professionalliklariga ishonch hosil qilib, Jalousie Brand-ni o‘z tanishlariga tavsiya qilishni boshladilar.
To‘rt yil davomida Jalousie Brand nafaqat kompaniya sifatida, balki brend sifatida ham rivojlandi, hozirda unga 8000 dan ortiq mijoz ishonadi. Ulardan ba’zilari quyidagilardir:
— Trustbank (O‘zbekiston bo‘ylab barcha filiallari);
— Toshkentdagi Al-Xorazmiy nomidagi Prezident maktabi;
— Milliy Tibbiyot Markazi shifoxonasi;
— Zo’r TV;
— Kun Uz;
— Report Uz.
Jalousie Brand mahsulotlari faqat O‘zbekiston hududida emas, balki Rossiya va AQShda ham talabga ega – biz uzoq muddatli hamkorlikka yo‘naltirilganmiz.